Arab tili bo'yicha milliy sertifikat (CEFR) va TANAL imtihoniga tayyorlov
NOON Academy o'quvchilarni arab tili bo'yicha milliy sertifikat (CEFR shkalasi) va TANAL imtihonlariga tayyorlaydi. O'quvchilarimiz Bilim va malakalarni baholash agentligining arab tili bo'yicha milliy sertifikatlarini olgan: C1 darajada umumiy ball 65–70, B2 darajada 52–55. Ustozlarimiz TANAL C2 va CEFR C1 natijalariga ega.
O'quvchilarimiz natijalari
| O'quvchi | Daraja | Umumiy ball |
|---|---|---|
| Muslimaxon Anvarxonova | C1 | 70 |
| Maxmudbek Farxodov | C1 | 66 |
| Durdona Lutfullayeva | C1 | 66 |
| Maftuna Yo'ldosheva | C1 | 66 |
| Dastonbek Sadullayev | C1 | 65 |
| Totiyoxon Saydumarova | C1 | 65 |
| Ma'rifat Raximova | B2 | 55 |
| Ismoiljon Abduvoxidov | B2 | 52 |
Tayyorlov qanday o'tadi
- Imtihonda baholanadigan to'rt ko'nikma — tinglab tushunish, o'qish, yozish va gapirish — muntazam mashq qilinadi.
- Haftada 3 kun asosiy dars va 3 kun B2+/C1 darajali yordamchi ustozlar bilan gapirish amaliyoti.
- Guruhlar 12 kishigacha — ustoz har bir o'quvchining xatolarini ko'radi.
- Dastur A0 dan C2 gacha uzluksiz: B2 va C1 ga tayyorlov oldingi darajalarning davomi sifatida olib boriladi.
Natijaga kafolat
Barcha vazifalarni to'liq bajargan o'quvchi C1 imtihonidan o'ta olmasa, uni yana 3 oy bepul o'qitamiz. C1 sertifikatini birinchi urinishda olgan o'quvchiga imtihon uchun to'lagan puli qaytariladi.
Ustozlar
Ta'lim: Samarqand davlat chet tillari instituti — bakalavr (2020–2024); O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi — magistratura (2024–2026); Malaka oshirish: Saudiya Arabistoni, Turkiya
Natijalar: TANAL C2 (133 ball), CEFR C1; 2000+ talabaga dars bergan; Bir necha o'quv qo'llanmalar muallifi
Dars uslubi: Aniq metodika va uslub; Amaliyotga suyangan darslar; Sodda tushuntirish; Interaktiv darslar
Kimlar uchun: Boshlang'ich, grammatika, o'rta bosqich; A1–A2–B1–B2–C1–C2; Xalqaro va milliy sertifikatlarga tayyorlov (CEFR, TANAL)
Ta'lim: O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi — bakalavr (2020–2024); O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi — magistratura (2024–2026); Malaka oshirish: Saudiya Arabistoni, Misr, Turkiya, Germaniya, Ispaniya, Shveytsariya; Yo'nalish: arab tili filologiyasi, lingvistika, arab adabiyoti, arab tarjimashunosligi, sinxron tarjima
Natijalar: TANAL C2, CEFR C1; 512 ta shogirdi B1–B2–C1 natija olgan: 80% — B2, 13% — C1, 7% — B1; Tajriba: 4 yil — ta'lim va tarjima
Dars uslubi: Talabchan; Sodda tushuntirish; Interaktiv va qiziqarli uslub
Kimlar uchun: Boshlang'ich, grammatika, o'rta bosqich; A1–A2–B1–B2–C1–C2; Xalqaro va milliy sertifikatlarga tayyorlov (CEFR, TANAL)
Ta'lim: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (2023–2027) — matnshunoslik va adabiy manbashunoslik yo'nalishi, arab-ingliz guruhi; Yo'nalish: arab tili, arab adabiyoti, matnshunoslik, adabiy manbashunoslik, tarjimashunoslik
Sertifikatlar: CEFR — C1; TANAL — 3 marta C1+/C2; IELTS — 6.0; Hamza — C1
Tajriba va natijalar: 4 yillik arab tili o'qitish tajribasi, 300+ o'quvchi; A1 dan C1 gacha guruhlar bilan ishlagan; 20 dan ortiq o'quvchisi B2, 15 dan ortig'i B1 darajaga erishgan
Yo'nalishlar: Arab tilini noldan o'rganish; Nahv va sarf; A1–A2–B1–B2–C1 darajalari; Arab tilida muloqot; O'qish va tinglab tushunish; Yozma nutq; CEFR va TANAL imtihonlariga tayyorgarlik
Dars uslubi: Interaktiv usullar; Turli metodlar; Sodda va oson tushuntirish
Qo'shimcha faoliyat: Arabcha–o'zbekcha tarjima; Arab adabiyoti, matn va manbalarni tahlil qilish; Arab tili bo'yicha o'quv materiallari tayyorlash
Maqsad: O'quvchiga arab tilini yodlatish emas, arab tilida mustaqil fikrlash va foydalanish darajasiga olib chiqish.
Ta'lim: Misrda 8 yil — arab tilidagi o'rta ta'limni tamomlagan; Turkiyada 6 yil — arab tili bo'yicha xususiy ta'lim, C2 daraja; O'zbekistonda «Najot nur» notiqlik kursi bitiruvchisi
Natijalar: CEFR C1, Turkiya xususiy ta'limida C2; Notiqlik bo'yicha sertifikat; 1 yil ichida 100+ o'quvchini natijaga olib chiqqan; Tajriba: 1 yildan ortiq
Dars uslubi: Kreativ va soddalashtirilgan; Individual yondashuv; Gamifikatsiya — o'yin elementlari bilan; Zamonaviy uslub
Kimlar uchun: Arab tilini 0 dan A1 darajagacha o'rganmoqchi bo'lganlar; Fonetika yo'nalishi — onlayn va oflayn
Qaysi darajadan boshlaysiz
Hozirgi darajangiz bepul sinov darsida aniqlanadi. Shunga qarab sizga mos guruh — B2 yoki C1 ga tayyorlov, yoki undan oldingi bosqich — tanlanadi.
Ko'p beriladigan savollar
Milliy sertifikatga qaysi darajadan tayyorlanish mumkin?
Tayyorlov siz hozir turgan darajadan boshlanadi. O'quvchilarimiz B2 va C1 darajadagi milliy sertifikatlarni olgan. Darajangizni bepul sinov darsida aniqlaymiz.
TANAL imtihoniga ham tayyorlaysizlarmi?
Ha. Ustozlarimizning o'zi TANAL C2 natijasiga ega va o'quvchilarni shu imtihonga ham tayyorlaydi.
C1 dan o'ta olmasam nima bo'ladi?
Barcha vazifalarni to'liq bajargan bo'lsangiz, sizni yana 3 oy bepul o'qitamiz.
Kurs narxi qancha?
Narx guruh turi va darajaga qarab belgilanadi. Aniq narxni menejer sinov darsiga yozilganingizdan so'ng aytadi.
Manzil: Toshkent, Furqat ko'chasi, 29-uy, 2-qavat — Toshkent Cityning ro'parasida. Xalqlar do'stligi metrosidan 600 m.
