NOON AcademyArab tili akademiyasi

Arab tilini noldan o'rganish — Toshkentda A0 dan boshlab

Arab alifbosini umuman bilmasangiz ham arab tilini o'rganishni boshlashingiz mumkin. NOON Academy'da dastur A0 — noldan boshlanadi: avval arab alifbosi va harflarning to'g'ri talaffuzi (fonetika), keyin grammatika va so'zlashuv. Birinchi qadam — bepul sinov darsi: unda darajangiz aniqlanadi va sizga mos guruh tanlanadi.

Birinchi darslarda nimani o'rganasiz

A0 bosqichida arab alifbosi, harflarning so'z boshida, o'rtasida va oxirida yozilishi hamda to'g'ri talaffuz o'rganiladi. Shu bosqichda birinchi so'z va jumlalarni o'qishni boshlaysiz. Fonetika alohida kurs emas — u grammatika va so'zlashuv bilan birga, bitta dastur ichida o'tiladi.

Noldan boshlagan o'quvchi qaysi bosqichlardan o'tadi

A0Noldan boshlash. Arab alifbosi, harflarning yozilishi va to'g'ri talaffuzi (fonetika). Birinchi so'z va jumlalarni o'qish.
A1Birinchi muloqot. O'zingizni tanishtirasiz, oddiy savollar berasiz va javob qaytarasiz, kundalik so'zlarni ishlatasiz.
A2Kundalik vaziyatlar. Do'kon, yo'l so'rash, oila va ish haqida qisqa suhbat quring, oddiy matnlarni tushunasiz.
B1Mustaqil nutq. Tanish mavzularda erkin gapirasiz, fikringizni tushuntirasiz, o'rtacha murakkablikdagi matnlarni o'qiysiz.

Nega fonetika va grammatika birga o'tiladi

Ko'p joyda fonetika, grammatika va so'zlashuv alohida kurslarga bo'lingan — o'quvchi bir kursdan keyin boshqasiga o'tganda uzilish bo'ladi. NOON Academy'da A0 dan C2 gacha bitta uzluksiz tizim: har bir yangi qoida darhol talaffuz va nutqda mashq qilinadi, shuning uchun o'rganganingiz esdan chiqmaydi.

Darslar qanday tashkil etilgan

Kim o'qitadi

Masharifov Doniyor Ismoil o'g'liFilolog, tilshunos (lingvist) · til bilish darajasini baholash bo'yicha ekspert, tarjimon · TANAL C2 (133) · CEFR C1

Ta'lim: Samarqand davlat chet tillari instituti — bakalavr (2020–2024); O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi — magistratura (2024–2026); Malaka oshirish: Saudiya Arabistoni, Turkiya

Natijalar: TANAL C2 (133 ball), CEFR C1; 2000+ talabaga dars bergan; Bir necha o'quv qo'llanmalar muallifi

Dars uslubi: Aniq metodika va uslub; Amaliyotga suyangan darslar; Sodda tushuntirish; Interaktiv darslar

Kimlar uchun: Boshlang'ich, grammatika, o'rta bosqich; A1–A2–B1–B2–C1–C2; Xalqaro va milliy sertifikatlarga tayyorlov (CEFR, TANAL)

Luqmonjon Muftillayev O'tkir o'g'liArab tili filologi, lingvist · sinxron tarjimon · TANAL C2 · CEFR C1

Ta'lim: O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi — bakalavr (2020–2024); O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi — magistratura (2024–2026); Malaka oshirish: Saudiya Arabistoni, Misr, Turkiya, Germaniya, Ispaniya, Shveytsariya; Yo'nalish: arab tili filologiyasi, lingvistika, arab adabiyoti, arab tarjimashunosligi, sinxron tarjima

Natijalar: TANAL C2, CEFR C1; 512 ta shogirdi B1–B2–C1 natija olgan: 80% — B2, 13% — C1, 7% — B1; Tajriba: 4 yil — ta'lim va tarjima

Dars uslubi: Talabchan; Sodda tushuntirish; Interaktiv va qiziqarli uslub

Kimlar uchun: Boshlang'ich, grammatika, o'rta bosqich; A1–A2–B1–B2–C1–C2; Xalqaro va milliy sertifikatlarga tayyorlov (CEFR, TANAL)

Xadicha BekpulatovaArab tili ustozi · matnshunos, tarjimon · CEFR C1 · TANAL C1+/C2

Ta'lim: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (2023–2027) — matnshunoslik va adabiy manbashunoslik yo'nalishi, arab-ingliz guruhi; Yo'nalish: arab tili, arab adabiyoti, matnshunoslik, adabiy manbashunoslik, tarjimashunoslik

Sertifikatlar: CEFR — C1; TANAL — 3 marta C1+/C2; IELTS — 6.0; Hamza — C1

Tajriba va natijalar: 4 yillik arab tili o'qitish tajribasi, 300+ o'quvchi; A1 dan C1 gacha guruhlar bilan ishlagan; 20 dan ortiq o'quvchisi B2, 15 dan ortig'i B1 darajaga erishgan

Yo'nalishlar: Arab tilini noldan o'rganish; Nahv va sarf; A1–A2–B1–B2–C1 darajalari; Arab tilida muloqot; O'qish va tinglab tushunish; Yozma nutq; CEFR va TANAL imtihonlariga tayyorgarlik

Dars uslubi: Interaktiv usullar; Turli metodlar; Sodda va oson tushuntirish

Qo'shimcha faoliyat: Arabcha–o'zbekcha tarjima; Arab adabiyoti, matn va manbalarni tahlil qilish; Arab tili bo'yicha o'quv materiallari tayyorlash

Maqsad: O'quvchiga arab tilini yodlatish emas, arab tilida mustaqil fikrlash va foydalanish darajasiga olib chiqish.

Muhammadamin NuretdinArab tili ustozi · fonetika · CEFR C1 · C2 (Turkiya)

Ta'lim: Misrda 8 yil — arab tilidagi o'rta ta'limni tamomlagan; Turkiyada 6 yil — arab tili bo'yicha xususiy ta'lim, C2 daraja; O'zbekistonda «Najot nur» notiqlik kursi bitiruvchisi

Natijalar: CEFR C1, Turkiya xususiy ta'limida C2; Notiqlik bo'yicha sertifikat; 1 yil ichida 100+ o'quvchini natijaga olib chiqqan; Tajriba: 1 yildan ortiq

Dars uslubi: Kreativ va soddalashtirilgan; Individual yondashuv; Gamifikatsiya — o'yin elementlari bilan; Zamonaviy uslub

Kimlar uchun: Arab tilini 0 dan A1 darajagacha o'rganmoqchi bo'lganlar; Fonetika yo'nalishi — onlayn va oflayn

Qanday boshlash kerak

  1. Saytda ariza qoldirasiz yoki qo'ng'iroq qilasiz: +998 55 588 77 00.
  2. Menejer ish vaqtida 15 daqiqa ichida qo'ng'iroq qilib, qulay kun va vaqtni kelishadi.
  3. Bepul sinov darsiga kelasiz — darajangiz aniqlanadi va mos guruh tanlanadi.

Ko'p beriladigan savollar

Arab alifbosini bilmasam, guruhdan orqada qolmaymanmi?

Yo'q. A0 guruhlari aynan alifbodan boshlanadi, guruhda 12 tadan ko'p o'quvchi yo'q, shuning uchun ustoz har bir o'quvchiga e'tibor bera oladi. Bundan tashqari haftada 3 kun gapirish amaliyoti va bepul coworking bor.

Bolam uchun ham noldan boshlasa bo'ladimi?

Ha. Bolalar, o'smirlar va kattalar uchun alohida guruhlar bor. Farzandingiz uchun mos guruhni menejer sinov darsida tanlab beradi.

Noldan boshlab qancha vaqtda gapira boshlayman?

Bu dars qatnashuvi va uy vazifalariga bog'liq. Sizga mos reja sinov darsida darajangiz va maqsadingizga qarab tuziladi.

Sinov darsi pullimi?

Yo'q, sinov darsi bepul va hech qanday majburiyat yo'q.

Manzil: Toshkent, Furqat ko'chasi, 29-uy, 2-qavat — Toshkent Cityning ro'parasida. Xalqlar do'stligi metrosidan 600 m.

Boshqa sahifalar

Qo'ng'iroq Ariza qoldirish