NOON Academy Arab tili akademiyasi

Toshkent · Xalqlar do'stligi metrosi yonida

Toshkentda arab tilini noldan o'z ona tilingizni biladigan darajagacha o'rganing!

Arab tilini A0'dan C2'gacha bitta izchil tizimda — Toshkent Cityning ro'parasida eng qulay manzilda joylashgan, kuchli markazlardan birida o'rganing!

A0A1A2B1B2C1C2

Fonetika va grammatika alohida kurs emas — bitta uzluksiz dastur ichida birga olib boriladi.

Qo'ng'iroq qiling yoki ariza qoldiring — ish vaqtida 15 daqiqa ichida qayta qo'ng'iroq qilamiz. Dushanba–shanba, 08:00–22:00.

330+
faol o'quvchi bizga ishonch bildirmoqda
C2
darajali ustozlar
500+
o'quvchi B1–C1 natija olgan

Bepul sinov darsiga yozilish

Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — menejerimiz bog'lanib, darajangizga va vaqtingizga mos guruhni tanlashga yordam beradi.

15 daqiqa ichida qo'ng'iroq qilamiz

✓

Arizangiz qabul qilindi

Menejerimiz ish vaqtida 15 daqiqa ichida qo'ng'iroq qiladi. Kutib o'tirmang — hoziroq o'zingiz qo'ng'iroq qilishingiz mumkin:

+998 55 588 77 00 Telegramda yozish

NOON Academy — Toshkentdagi arab tili o'quv markazi. Arab tili A0 (noldan) C2 darajagacha bitta uzluksiz dasturda o'qitiladi: fonetika, grammatika va so'zlashuv birga. Ustozlar TANAL C2 va CEFR C1 natijalariga ega, o'quvchilar milliy sertifikat bo'yicha C1 va B2 darajalarni olgan. Markaz Furqat ko'chasi 29-uy, 2-qavatda — Xalqlar do'stligi metrosidan 600 metr — joylashgan va dushanba–shanba 08:00–22:00 ishlaydi. Markaz haqida batafsil →

12 kishiguruhdagi eng ko'p o'quvchi soni
Haftada 6 kunasosiy dars + gapirish amaliyoti
Bepul coworkingdarsdan tashqari shug'ullanish uchun
Alohida guruhlarayollar va erkaklar uchun

Atmosfera

Noon Academy muhitini o'zingiz his qiling

Noon Academy — akademiya atmosferasi videosi Akademiya atmosferasi · 48 soniya
Darslar jarayoni, coworking zona va jamoa YouTube'da ochish →

Jamoa

Bizning ustozlarimiz

Darslarni TANAL C2 va CEFR C1 sertifikatlariga ega, Misr, Turkiya va Saudiya Arabistonida ta'lim olgan va malaka oshirgan ustozlar olib boradi. Ular nafaqat tilni, balki uni qanday o'rgatishni ham chuqur bilishadi.

Masharifov Doniyor Ismoil o'g'li — arab tili ustozi, NOON Academy

Masharifov Doniyor

Filolog, tilshunos (lingvist) · til bilish darajasini baholash bo'yicha ekspert, tarjimon

  • TANAL C2 (133)
  • CEFR C1
  • 5 yil tajriba
  • 2000+ talaba
BatafsilYopish

Ta'lim

  • Samarqand davlat chet tillari instituti — bakalavr (2020–2024)
  • O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi — magistratura (2024–2026)
  • Malaka oshirish: Saudiya Arabistoni, Turkiya

Natijalar

  • TANAL C2 (133 ball), CEFR C1
  • 2000+ talabaga dars bergan
  • Bir necha o'quv qo'llanmalar muallifi

Dars uslubi

  • Aniq metodika va uslub
  • Amaliyotga suyangan darslar
  • Sodda tushuntirish
  • Interaktiv darslar

Kimlar uchun

  • Boshlang'ich, grammatika, o'rta bosqich
  • A1–A2–B1–B2–C1–C2
  • Xalqaro va milliy sertifikatlarga tayyorlov (CEFR, TANAL)
Luqmonjon Muftillayev O'tkir o'g'li — arab tili ustozi, NOON Academy

Luqmonjon Muftillayev

Arab tili filologi, lingvist · sinxron tarjimon

  • TANAL C2
  • CEFR C1
  • 4 yil tajriba
  • 512 natija
BatafsilYopish

Ta'lim

  • O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi — bakalavr (2020–2024)
  • O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi — magistratura (2024–2026)
  • Malaka oshirish: Saudiya Arabistoni, Misr, Turkiya, Germaniya, Ispaniya, Shveytsariya
  • Yo'nalish: arab tili filologiyasi, lingvistika, arab adabiyoti, arab tarjimashunosligi, sinxron tarjima

Natijalar

  • TANAL C2, CEFR C1
  • 512 ta shogirdi B1–B2–C1 natija olgan: 80% — B2, 13% — C1, 7% — B1
  • Tajriba: 4 yil — ta'lim va tarjima

Dars uslubi

  • Talabchan
  • Sodda tushuntirish
  • Interaktiv va qiziqarli uslub

Kimlar uchun

  • Boshlang'ich, grammatika, o'rta bosqich
  • A1–A2–B1–B2–C1–C2
  • Xalqaro va milliy sertifikatlarga tayyorlov (CEFR, TANAL)
Xadicha Bekpulatova — arab tili ustozi, NOON Academy

Xadicha Bekpulatova

Arab tili ustozi · matnshunos, tarjimon

  • CEFR C1
  • TANAL 3× C1+/C2
  • 4 yil tajriba
  • 300+ o'quvchi
BatafsilYopish

Ta'lim

  • Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (2023–2027) — matnshunoslik va adabiy manbashunoslik yo'nalishi, arab-ingliz guruhi
  • Yo'nalish: arab tili, arab adabiyoti, matnshunoslik, adabiy manbashunoslik, tarjimashunoslik

Sertifikatlar

  • CEFR — C1
  • TANAL — 3 marta C1+/C2
  • IELTS — 6.0
  • Hamza — C1

Tajriba va natijalar

  • 4 yillik arab tili o'qitish tajribasi, 300+ o'quvchi
  • A1 dan C1 gacha guruhlar bilan ishlagan
  • 20 dan ortiq o'quvchisi B2, 15 dan ortig'i B1 darajaga erishgan

Yo'nalishlar

  • Arab tilini noldan o'rganish
  • Nahv va sarf
  • A1–A2–B1–B2–C1 darajalari
  • Arab tilida muloqot
  • O'qish va tinglab tushunish
  • Yozma nutq
  • CEFR va TANAL imtihonlariga tayyorgarlik

Dars uslubi

  • Interaktiv usullar
  • Turli metodlar
  • Sodda va oson tushuntirish

Qo'shimcha faoliyat

  • Arabcha–o'zbekcha tarjima
  • Arab adabiyoti, matn va manbalarni tahlil qilish
  • Arab tili bo'yicha o'quv materiallari tayyorlash

Maqsad

  • O'quvchiga arab tilini yodlatish emas, arab tilida mustaqil fikrlash va foydalanish darajasiga olib chiqish.
Muhammadamin Nuretdin — arab tili ustozi, NOON Academy

Muhammadamin Nuretdin

Arab tili ustozi · fonetika

  • CEFR C1
  • C2 (Turkiya)
  • Misrda 8 yil
  • 100+ o'quvchi
BatafsilYopish

Ta'lim

  • Misrda 8 yil — arab tilidagi o'rta ta'limni tamomlagan
  • Turkiyada 6 yil — arab tili bo'yicha xususiy ta'lim, C2 daraja
  • O'zbekistonda «Najot nur» notiqlik kursi bitiruvchisi

Natijalar

  • CEFR C1, Turkiya xususiy ta'limida C2
  • Notiqlik bo'yicha sertifikat
  • 1 yil ichida 100+ o'quvchini natijaga olib chiqqan
  • Tajriba: 1 yildan ortiq

Dars uslubi

  • Kreativ va soddalashtirilgan
  • Individual yondashuv
  • Gamifikatsiya — o'yin elementlari bilan
  • Zamonaviy uslub

Kimlar uchun

  • Arab tilini 0 dan A1 darajagacha o'rganmoqchi bo'lganlar
  • Fonetika yo'nalishi — onlayn va oflayn

Qaysi ustoz va qaysi guruh sizga mos — sinov darsida aniqlaymiz.

Otzivlar

O'quvchilarimiz nima deyishadi?

O'quvchilarimizning o'zidan eshiting — video va Yandex Xaritalardagi otzivlar.

NOON Academy — o'quvchi video otzivi 1 Video otziv · 1
NOON Academy — o'quvchi video otzivi 2 Video otziv · 2
NOON Academy — o'quvchi video otzivi 3 Video otziv · 3
Zo'r o'quv markazi — bir hafta ichida o'qishni o'rgandim.
Saidamir Z. · 27-iyulYandex Xaritalardagi otziv · rus tilidan tarjima
Ajoyib va maqtovga loyiq ta'lim markazi. Bu yerda faqat arab tili o'qitiladi va ko'proq o'rganish uchun qo'shimcha darslarni bemalol olishingiz mumkin. Barcha ustozlarimga minnatdorchilik bildiraman.
Mubina K. · 23-avgustYandex Xaritalardagi otziv · arab tilidan tarjima
Barcha otzivlar — Yandex Xaritalarda →
NOON Academy muhri, 2026

Natijalar

O'quvchilarimiz natijalari

Har bir sertifikat — bosqichma-bosqich mehnat va aniq natijaning isboti.

Muslimaxon Anvarxonova — arab tili C1 sertifikati, umumiy ball 70
Maxmudbek Farxodov — arab tili C1 sertifikati, umumiy ball 66
Durdona Lutfullayeva — arab tili C1 sertifikati, umumiy ball 66
Maftuna Yo'ldosheva — arab tili C1 sertifikati, umumiy ball 66
Dastonbek Sadullayev — arab tili C1 sertifikati, umumiy ball 65
Totiyoxon Saydumarova — arab tili C1 sertifikati, umumiy ball 65
Ma'rifat Raximova — arab tili B2 sertifikati, umumiy ball 55
Ismoiljon Abduvoxidov — arab tili B2 sertifikati, umumiy ball 52

Keyingi sertifikat sizniki bo'lishi mumkin.

Bilim va malakalarni baholash agentligining arab tili bo'yicha milliy sertifikatlari: C1 darajada umumiy ball 65–70, B2 darajada 52–55. Rasm ustiga bosilsa kattalashadi.

Darajalar

Arab tili darajalari: A0 dan C2 gacha nimani o'rganasiz

Dastur CEFR xalqaro shkalasiga asoslangan. Har bir daraja oldingisining davomi — fonetika, grammatika va so'zlashuv birga rivojlanadi.

A0

Noldan boshlash

Arab alifbosi, harflarning yozilishi va to'g'ri talaffuzi (fonetika). Birinchi so'z va jumlalarni o'qish.

A1

Birinchi muloqot

O'zingizni tanishtirasiz, oddiy savollar berasiz va javob qaytarasiz, kundalik so'zlarni ishlatasiz.

A2

Kundalik vaziyatlar

Do'kon, yo'l so'rash, oila va ish haqida qisqa suhbat quring, oddiy matnlarni tushunasiz.

B1

Mustaqil nutq

Tanish mavzularda erkin gapirasiz, fikringizni tushuntirasiz, o'rtacha murakkablikdagi matnlarni o'qiysiz.

B2

Erkin muloqot

Munozara qilasiz, fikrni asoslaysiz, murakkab matn va nutqni tushunasiz. Milliy sertifikat uchun muhim bosqich.

C1

Yuqori daraja

Akademik va professional matnlar bilan ishlaysiz, erkin va aniq gapirasiz. Akademik va kasbiy maqsadlar uchun talab qilinadigan daraja.

C2

Mukammal daraja

Ona tili darajasiga yaqin: ilmiy va badiiy matnlar, tarjima, har qanday mavzuda nozik ifoda.

Arab tilini noldan o'rganish — batafsil → Milliy sertifikat (CEFR) va TANAL tayyorlov →

Qaysi darajadan boshlashingizni sinov darsida aniqlaymiz.

Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Sinov darsiga yozilishdan oldin eng ko'p so'raladigan savollarga javoblar. Javob topmasangiz — Telegramda yozing, menejerimiz javob beradi.

Bepul sinov darsiga yozilish

Arab tilini umuman bilmasam, noldan boshlasam bo'ladimi?

Ha. Dastur A0 — noldan boshlanadi: avval arab alifbosi va to'g'ri talaffuz (fonetika), keyin grammatika va so'zlashuv. Birinchi — bepul sinov darsida darajangiz aniqlanadi va sizga mos guruh tanlanadi.

Qaysi darajagacha o'qitasizlar?

A0 dan C2 gacha — CEFR shkalasidagi barcha darajalar bitta uzluksiz tizimda. Fonetika va grammatika alohida kurs sifatida emas, bitta dastur ichida birga o'tiladi, shuning uchun bir darajadan keyingisiga uzilishsiz o'tasiz.

CEFR va TANAL imtihonlariga tayyorlaysizlarmi?

Ha. Ustozlarimiz TANAL C2 va CEFR C1 natijalariga ega. O'quvchilarimiz Bilim va malakalarni baholash agentligining arab tili bo'yicha milliy sertifikatlarini olgan: C1 darajada umumiy ball 65–70, B2 darajada 52–55.

Darslar qanday o'tadi?

Haftada 6 kun: 3 kun asosiy dars va 3 kun B2+/C1 darajali yordamchi ustozlar bilan gapirish amaliyoti — barchasi bitta to'lov ichida. Darslarning asosiy qismi amaliyotga, ya'ni gapirish va o'rganganingizni darhol ishlatishga qaratilgan.

Guruhda nechta o'quvchi bo'ladi?

Guruhda 12 tadan ko'p o'quvchi bo'lmaydi — ustoz har bir o'quvchiga yetarlicha e'tibor bera oladi.

Ayollar uchun alohida guruh bormi?

Ha, ayollar va erkaklar uchun alohida guruhlar mavjud.

Bolalar va o'smirlar uchun guruh bormi?

Ha, bolalar, o'smirlar va kattalar uchun alohida guruhlar bor. Farzandingiz uchun mos guruhni menejerimiz sinov darsida tanlab beradi.

Dars vaqtlari qanday?

Markaz dushanbadan shanbagacha 08:00 dan 22:00 gacha ishlaydi. Ertalabki, tushdan keyingi va kechki guruhlar bor — ish yoki o'qishingizga mos vaqtni tanlaysiz.

Sinov darsi pullimi?

Yo'q, sinov darsi bepul. Unda darajangiz aniqlanadi, dars qanday o'tishini o'z ko'zingiz bilan ko'rasiz va sizga mos guruh hamda vaqt tanlanadi. Hech qanday majburiyat yo'q.

Kurs narxi qancha?

Narx guruh turi va darajaga qarab belgilanadi. Aniq narxni menejerimiz sinov darsiga yozilganingizdan so'ng aytadi. Uzoq muddatga oldindan to'lovda chegirma beriladi; naqd, karta, Click va Payme orqali to'lash mumkin.

Natijaga kafolat berasizlarmi?

Ha. Barcha vazifalarni to'liq bajargan o'quvchi C1 imtihonidan o'ta olmasa, uni yana 3 oy bepul o'qitamiz. C1 sertifikatini birinchi urinishda olgan o'quvchiga imtihon uchun to'lagan puli qaytariladi.

Markaz qayerda joylashgan va qanday borsa bo'ladi?

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko'chasi, 29-uy, 2-qavat — Toshkent Cityning ro'parasida. Xalqlar do'stligi metro bekatidan 600 metr, «Goskomsport» avtobus bekatidan 130 metr. Sahifaning pastidagi xaritada yo'nalishni ko'rishingiz mumkin.

Toshkentda arab tilini qayerda o'rgangan ma'qul?

Faqat arab tiliga ixtisoslashgan, darajalar bo'yicha uzluksiz dasturi va sertifikatli ustozlari bor markazni tanlang. NOON Academy'da faqat arab tili o'qitiladi, dastur A0 dan C2 gacha, guruhlar 12 kishigacha, ustozlar TANAL C2 va CEFR C1 natijalariga ega. Qaror qilishdan oldin bepul sinov darsiga kelib ko'rishingiz mumkin.

Manzil

Bizni qayerdan topasiz?

Manzil Toshkent shahri, Furqat ko'chasi, 29-uy, 2-qavat — Toshkent Cityning ro'parasida
Qanday borish mumkin Xalqlar do'stligi metro bekatidan — 600 m
«Goskomsport» avtobus bekatidan — 130 m
Ish vaqti Dushanba – Shanba: 08:00 – 22:00
Yo'l-yo'riqni ko'rish Xaritada ochish

Qanday boshlanadi

Uch qadam — va siz birinchi darsdasiz

  1. Ariza qoldirasizIsm va telefon — 20 soniya.
  2. Menejer qo'ng'iroq qiladiIsh vaqtida 15 daqiqa ichida. Qulay kun va vaqtni kelishamiz.
  3. Bepul sinov darsiga kelasizDarajangiz aniqlanadi va mos guruh tanlanadi.

Bepul sinov darsiga yozilish

Yoki qo'ng'iroq qiling: +998 55 588 77 00

✓

Arizangiz qabul qilindi

Menejerimiz ish vaqtida 15 daqiqa ichida qo'ng'iroq qiladi. Kutib o'tirmang — hoziroq o'zingiz qo'ng'iroq qilishingiz mumkin:

+998 55 588 77 00 Telegramda yozish
Qo'ng'iroq Ariza qoldirish